Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonga O‘RI xavf solayotgani haqida xabar tarqalib, bundan ko‘proq bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar zarar ko‘rayotgani aytilmoqda.
Sanepidqo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya va qo‘shni davlatlarda mavsumiy ko‘tarilish kuzatilayotgani sababli aviaqatnovlar, mehnat migratsiyasi va xizmat safarlari orqali infeksiya kirib kelish xavfi mavjud. Shu bois mamlakatda vaziyat muntazam nazorat ostiga olingan.
Ayni paytda O‘zbekistonda o‘tkir respirator infeksiyalar bo‘yicha epidemik vaziyat muntazam nazorat qilib borilmoqda.
Gripp va O‘RI viruslarining aylanishini aniqlash maqsadida virusologik tadqiqotlar o‘tkazilmoqda.
Sanepidqo‘mita tasarrufidagi 15 ta virusologiya laboratoriyalarida gripp va grippga o‘xshash kasalliklarni tashxislash ishlari amalga oshirilmoqda.
Xo‘sh, kasallik bolalarga qanday tartibda va kimlardan yuqadi?
Uning oldini olish choralari qanday?
Mazkur savollar bilan Sanepidqo‘mita boshqarma boshlig‘i — Rustamjon Ikromovga murojaat qildik.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/gwN2RGQQnkA?si=VwYsvr4TEnvY3MJD" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Mohichehra Eshmirzayeva, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA