English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nega aynan O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri?
08:32 / 2022-06-02

Xalqaro ilm-fan tashkilotlari ittifoqi (ANSO), Xitoy xalqaro madaniy almashuv markazi (CICEC) va Xalqaro xalq jurnali (GPM) tomonidan «Ipak yo‘li do‘stligi» mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.Onlayn shaklda o‘tkazilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Ibroxim Abdurahmonov «Ipak yo‘li do‘stlik elchisi» mukofoti bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Ibrohim Abdurahmonovning nomzodi o‘zbek-xitoy ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasining klinik tadqiqotlari o‘tkazilishi va pandemiya vaqtida zarur bo‘lgan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishdagi yuqori darajadagi rolini inobatga olgan holda mingdan ortiq nomzodlar orasidan tanlab olingan.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, «Ipak yo‘li do‘stlik elchisi» mukofoti 2020 yilda Xitoy xalqaro madaniy almashuv markazi (CICEC) tomonidan ta’sis etilgan. Ushbu mukofot xorijiy davlatlarning ikki tomonlama hamkorligi rivojlanishiga hissa qo‘shgan markaziy hukumat a’zolari, ilm-fan vakillari va san’at arboblariga beriladi.

 

Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA