Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nega aynan Alyaska? (+video)
15:44 / 2025-08-14

Juma kuni Donald Tramp va Vladimir Putin Alyaskada yuzma-yuz uchrashishi kutilmoqda. Bu tarixiy muzokara uchun Alyaska tanlangani bejiz emas, chunki ushbu shtat AQSH – Rossiya munosabatida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Euronews yozishicha, azaldan xalqaro uchrashuvlar maydoni bo‘lib kelgan Alyaskada, masalan, 1984 yil Prezident Ronald Reygan Rim papasi Ioann Pavel II, 1971 yil Richard Nikson Yaponiya imperatori Xiroxito bilan muloqot qilgan.

<iframe width="1326" height="746" src="https://www.youtube.com/embed/JeasTHFymGc" title="Nega aynan Alyaska?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Joriy hafta boshida Oq uyda so‘zlagan nutqida Tramp “Rossiyaga yo‘l olishi”ni ma’lum qildi. Zero, shubhasiz, ramziy nuqta sifatida tanlangan Alyaska bir zamonlar Rossiya imperiyasiga qarashli edi va 1867 yil Qo‘shma Shtatlar tomonidan 7,2 million dollarga sotib olingan. Bu hozirgi qiymatda taxminan 156 million dollarni tashkil etadi.

Alyaskani dengiz orqali birinchi bor 1648 yil Semyon Dejnyov rahbarligidagi rus sayyohlari ko‘rgan. XVIII asr o‘rtalariga kelib, rus sanoatchilari hududda dengiz hayvonlari mo‘ynasini yig‘ish bilan shug‘ullangan. 1799 yil Rossiya va Amerikaning bir necha xususiy kompaniyasi birlashib, aynan shu yerda savdo faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. 1850-yillarga kelib, dengiz qunduzlari keskin kamayib ketadi va bu tijorat ahamiyatini yo‘qotadi. Rus imperiyasi Alyaskani saqlashi va rivojlantirishi uchun hududda odam soni yetarli emas edi. AQSHga sotilgan vaqt hududda atigi ikki yarim mingga yaqin rus yashagan. 80 ga yaqin aholi manzilida hozirgacha rus pravoslav cherkovi saqlanib qolgan, ko‘pchilik rus tilida gaplashadi.

Alyaska va Rossiyani bor yo‘g‘i 88 kilometr masofa ajratib turadi. Bering bo‘g‘ozidagi ikki davlat orollari orasidagi masofa esa bir necha kilometrni tashkil etadi. Bugungi kunda AQSH harbiy strategiyasida muhim nuqta hisoblanadigan ayni shtatda qiruvchi samolyotlar, NORAD Amerika havo va raketaga qarshi mudofaa tizimi, radio elektronrazvedka markazlari joylashgan.

Shuningdek, Alyaska “Arktika darvozasi” sifatida ko‘riladi. Bering bo‘g‘ozi – Tinch okeani bilan Shimoliy Muz okeani o‘rtasidagi yagona to‘g‘ridan-to‘g‘ri dengiz yo‘li bo‘lib qolmoqda.

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA