Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Neftchi”ga xorijlik murabbiylar keldi
13:29 / 2026-01-26

Farg‘ona yana O‘zbekistonning futbol rivojlangan markaziga aylanmoqda. O‘tgan mavsumda “Neftchi” klubining mamlakat chempioni bo‘lgani bejiz emas. Bu yerda futbolning rivojlanishi, ayniqsa, yoshlar orasidan iqtidorlar tayyorlash ishiga katta e’tibor berilmoqda.

Biz avval “Neftchi” futbol akademiyasi ochilgani haqida xabar bergan edik. 2026 yilning ilk kunlaridan akademiya tarbiyalanuvchilari xorijiy murabbiyga tanishtirildi. Akademiyaga xalqaro tajribaga ega mutaxassislar – latviyalik Edgars Klenausks hamda ukrainalik Oleksandr Bliznyuk jalb etildi.

Uchrashuvda Farg‘ona viloyatida futbolga qiziquvchi yoshlar sonining ko‘pligi, iqtidorli sportchilarni saralab olish, professional futbolchilarni tayyorlash hamda hududni mamlakatning yetakchi futbol markazlaridan biriga aylantirish asosiy vazifa ekanligi ta’kidlandi. “Neftchi” futbol akademiyasi nafaqat Farg‘ona klublari, balki mamlakat terma jamoasiga ham iqtidorli futbolchilarni yetkazib beruvchi maktab bo‘lib qoladi, dedi murabbiylar.

Muhammadjon Obidov, O‘zA