Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Neftchi” va “Navbahor” safarda qoqildi
09:56 / 2025-11-08

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 28-turida "Buxoro" – "Neftchi" va OKMK – "Navbahor" jamoalari bahsi o‘tkazildi.

Jumladan, Farg‘onaning “Neftchi” klubi safarda “Buxoro” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Keskin va murosasiz kechgan uchrashuvda mehmonlar vakili Vladimir Yovovich 51-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 83-daqiqada Dominik Begich hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa, “Neftchi” 61 ochko bilan hozircha liga jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. “Buxoro” esa 26 ochko bilan 14-o‘ringa joylashdi.

OKMK esa o‘z uyida "Navbahor" klubini 3:1 hisobida taslim qildi.  Natijada Olmaliq shahrining bosh jamoasi ochkolarini 44 taga yetkazib oldi. Namangan sharafini himoya qilayotgan klub esa 38 ochko bilan qoldi.

8 noyabr kuni “Qo‘qon-1912” — “Paxtakor”, “Bunyodkor” — “Dinamo”, “Nasaf” — “Mash’al” klublari o‘zaro raqobatlashadi.

Shu o‘rinda, “Qo‘qon-1912” — “Paxtakor” uchrashuviga oid  ma’lumotlarni keltiramiz.

Poytaxtimiz jamoasi “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi milliy chempionat doirasida 35 ta bahs o‘tkazgan va ularning 21 tasida zafar quchgan. 8 o‘yinda durang qayd etilgan bo‘lsa, 6 marta imkoniyatni boy berib qo‘ygan. O‘tgan uchrashuvlarda “Paxtakor” raqib darvozasini 92 marta ishg‘ol etgan bo‘lsa, o‘z darvozasidan 48 ta to‘p olib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, "Qo‘qon-1912" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun Qo‘qondagi "Markaziy" stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA