“Neftchi” Tojikiston jamoasiga imkon qoldirmadi
Farg‘onaning “Neftchi” futbol klubi "Istiqlol" stadionida navbatdagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Tojikistonning "Xo‘jand" jamoasini qabul qildi.
Unda “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko har ikkala bo‘limda ikki hil tarkibni maydonga tushirdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida har ikki jamoa a’zolari bir nechta qulay vaziyatni yaratgan bo‘lsada, darvozaga yo‘l topa olmadi.
Ikkinchi bo‘limning 46-daqiqasida chap qanotdan qarshi hujumga yuqori tezlikda kirib borgan Izzatilla Abdullayev tojikistonlik himoyachini chiroyli uslubda aldab o‘tib, aniq zarba yo‘lladi va hisobni ochdi - 1:0.
Uchrashuvning oxirgi daqiqalariga qadar har ikki jamoa a’zolari ketma-ket qarshi hujumlar uyushtirgan bo‘lsada, hisob o‘zgarmadi va yakunda “Neftchi” g‘alaba qozondi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA muxbiri