Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Neftchi" Superliga peshqadamiga aylandi
18:25 / 2025-11-02

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 27-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Qizilqum" va "Neftchi" — "Surxon" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi.

Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida o‘tgan "Neftchi" — "Surxon" jamoalari bahsida mezbonlar raqiblarini 2:1 hisobida taslim etdi. Natijada "Neftchi" mazkur g‘alabadan so‘ng ochkolarini 60 taga yetkazib olgan holda Superliga peshqadamiga aylanib oldi. "Surxon" esa 28 ochko bilan 11-pog‘onada qoldi.

"Zomin" stadioni o‘tkazilgan "So‘g‘diyona" – "Qizilqum" o‘yini 3:0 hisobida o‘z yakuniga yetdi.  

Mezbonlarga g‘alaba keltirgan gollarga Lyupcho Doriyev va Rubin Xebay, (dubl) mualliflik qildi. Qayt etilgan ushbu natijadan so‘ng Jizzax shahri jamoasi 34 ochko bilan 8-pog‘onaga chiqib oldi. "Qizilqum" esa 32 ochko jamg‘arib, 9-o‘ringa tushib ketdi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA