English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Neftchi” Superliga peshqadamiga aylandi
10:32 / 2025-10-28

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 26-turini Termiz shahrida o‘tkazilgan “Surxon” va “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlab berdi.

Mazkur uchrashuvda “Surxon” klubi Rustam Turdimurodov, Behruz Karimov (dubl) va Javohir Jo‘rayev tomonidan kiritilgan gollar evaziga 4:0 hisobida “Andijon” jamoasini taslim qildi. 

Superliganing 26-turi natijalariga ko‘ra, musobaqa jadvalida “Neftchi” va “Nasaf” bir xil 57 ochko bilan 1–2 pog‘onadan joy oldi. “Paxtakor” esa 52 ochko bilan kuchli uchlikka kirdi. Shuningdek, “Dinamo” 47 va “Bunyodkor” 46 ochko bilan 4–5 o‘rinda qayd etildi.

OKMK jamoasi hozirda 41, “Navbahor” 37, “Qizilqum" esa 32 ochko jamg‘arib, 6-8 pog‘onada joylashdi. “So‘g‘diyona” 31 va “Qo‘qon-1912” 29 ochko bilan 9–10 o‘rinlarga taqsimlandi. Jadvalning 11–12 pog‘onasida “Surxon” va “Andijon” bir xil - 28 ochko bilan o‘rin olgan bo‘lsa, 13–14 o‘rinlarda 24 ochkoga ega bo‘lgan “Buxoro” va “Xorazm” klublari o‘rin egalladi. Quyi pog‘onalarda “Mash’al” 23 va “Sho‘rtan” 12 ochko bilan qoldi.

Ayni damda Superligada “Paxtakor” jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev 18 ta gol urgan holda to‘purarlar ro‘yxatini boshqarmoqda. Uni Lyupcho Doriyev (“So‘g‘diyona”) va Husayn Norchayev (“Nasaf”) 14 gol bilan ta’qib etmoqda.

Milliy chempionatimizning 27-tur uchrashuvlari 30 oktyabr kuni boshlanib, 3 noyabr kuniga qadar davom etadi. Unda quyidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi:

30 oktyabr: “Dinamo” – “Xorazm”, “Navbahor” – “Nasaf”;
31 oktyabr: “Sho‘rtan” – OKMK;
1 noyabr: “Andijon” – “Buxoro”;
2 noyabr: “Neftchi” – “Surxon”, “Mash’al” – “Qo‘qon-1912”, “So‘g‘diyona” – “Qizilqum”;
3 noyabr: “Paxtakor” – “Bunyodkor”.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA