“Neftchi”, "Buxoro" va "Lokomotiv" safardan 3 ochko bilan qaytdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turi bugun bo‘lib o‘tadigan “Bunyodkor” - “Dinamo”(19:00), “So‘g‘diyona” - “Nasaf” (19:15) va “Xorazm” – OKMK (19:30) klublari o‘rtasidagi uchrashuvlardan so‘ng yakunlanadi.
Kecha mazkur tur doirasida 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda Timur Kapadze boshqaruvidagi "Navbahor" klubi Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida o‘tkazilgan "Buxoro"ga qarshi o‘yinda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bellashuvdagi yagona golga Velko Filipovich 73-daqiqada mualliflik qildi.

"Lokomotiv" jamoasi esa safarda "Mash’al" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi gollarni Anzur Ismoilov va Quvonchbek Abrayev kiritdi. “Surxon” esa o‘z uyida “Neftchi”ni qabul qildi. Mazkur o‘yinda amaldagi chempion 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.


Shu tariqa, “Neftchi”, "Buxoro" va "Lokomotiv" klublari uchinchi tur olidan ochkolarini 6 taga yetkazib oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA