Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Neftchi” bugun 24 yil kutilgan chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin
13:41 / 2025-11-22

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasinning 29-turidan o‘rin olgan to‘rtta o‘yinda kutilmagan natijalar qayd etildi.

Jumladan Samarqandda o‘tkazilgan “Dinamo” – “Qo‘qon-1912”" uchrashuvida hisob ochilmadi. Natijada mezbonlar liganing ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarilish imkoniyatini qo‘ldan boy berib qo‘ydi va 57 ochko to‘plagan holda jadvalning 4-o‘rnida qoldi. “Qo‘qon-1912” esa 31 ochko bilan turnir jadvalining 12-o‘rnidan joy oldi.

Endi “Dinamo” so‘nggi turda “Nasaf” ga qarshi safarda o‘ynaydi. Agarda ushbu uchrashuvda g‘alaba qozona olsa, milliy chempionatimizda sovrindorlar qatoridan joy olishi mumkin.

“Mash’al” o‘z maydonida “Navbahor2 bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. “Xorazm” jamoasi bu turda “Andijon”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, “Buxoro” 1:1 hisobida “Sho‘rtan” bilan durangga imzo chekdi.

Ushbu natijalardan so‘ng, "Xorazm" jamoasi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar sababli mavsumni 15-o‘rinda yakunlashi oydinlashdi, "Buxoro" esa o‘zaro uchrashuvlarda "Mash’al" bilan salbiy natija qayd etgan va Superligani 14-o‘rindan yuqorida yakunlay olmaydi.

Bugun, Superliganing 29-turini “So‘g‘diyona” – “Bunyodkor” va “Neftchi” hamda “Qizilqum” klublari o‘rtasidagi o‘yin yakunlab beradi.

Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida soat 16:15 da bo‘lib o‘tadigan “Neftchi” hamda “Qizilqum” uchrashuvida mezbonlar zafar quchsa, ochkolarini 64 taga yetikazadi va Superliga yakuniga bir tur qolishiga qaramasdan mamlakat chempioniga aylanadi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA