Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Neft va energiya sanoati uchun istiqbolli katalizator texnologiyasi yaratildi
13:06 / 2026-01-20

Xalqaro olimlar guruhi molibden karbidi asosida yangi katalizator yaratdi. U og‘ir neft fraksiyalari va ishlatilgan mahsulotlarni qayta ishlash jarayonini bir necha barobar tezlashtirib, energiya sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.

Texnologiya katalizatorlarning ishlab chiqarish murakkabligi va qimmatbaho metallar talab qilish muammosini ham hal qiladi. Ishlatilgan aviatsiya moyinini qayta ishlash bo‘yicha tajribalarda molibden karbidining nano kukuni yuqori samaradorlik ko‘rsatdi. U haroratga qarab murakkab uglevodorodlarning termik parchalanish tezligini 639 foizgacha oshirgan va jarayonning aktivatsiya energiyasini 25 foizga kamaytirgan.

Shu bilan birga, katalizator nafaqat neft mahsulotlarini qayta ishlashda, balki oltingugurtni yo‘qotish reaksiyalari, ammiak sintezi, metanni qayta ishlash va vodorod ishlab chiqarish kabi jarayonlarda ham samarali qo‘llanilishi mumkin.

“O‘zkimyosanoat” AJ axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu texnologiya nafaqat neft-kimyo, balki energetika va aerokosmik sanoatda ham keng qo‘llanish uchun istiqbolli hisoblanadi.

N.Ziyodullayeva,  

O‘zA