Neft to‘kilishi holatida Peruda favqulodda holat joriy etildi
Peru atrof-muhit muhofazasi vazirligi mamlakatning neft to‘kilishidan aziyat chekkan dengiz sohili hududida favqulodda ekologik vaziyat holatini e’lon qildi, deb yozadi “Elperuano” nashri.
Dengiz bo‘ylab neftning yoyilishi davom etmoqda. Favqulodda holat 90 kunga joriy qilingan.
Neftning to‘kilishi kutilmagan hodisa bo‘lib, biologik xilma-xillikni o‘zida namoyon qilgan dengiz ekotizimiga katta zarar yetkazgan.
Eslatib o‘tamiz, 15 yanvarda Ventanilyaning Kavero va boshqa dam olish hududlarida kemadan neftni tushirish vaqtida 6000 barrel neft dengizga to‘kilib ketgani ma’lum qilingandi.