Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Neft narxi to‘rt yillikning eng yuqori nuqtasiga ko‘tarildi
12:47 / 2026-03-02

AQSH va Isroilning Eronga uyushtirgan hujumidan keyin birinchi marta birja savdosi boshlandi.

"Blumberg" ma’lumotiga ko‘ra, Brent markali neftning narxi 13 foiz ko‘tarilib, bir barrel uchun 82 dollarga yetdi. Tahlilchilar ta’kidlashicha, bu Rossiya - Ukraina urushi boshlangandan beri, ya’ni to‘rt yil ichidagi eng yuqori o‘sish.

To‘g‘ri, keyin qiymat biroz pasayib, 78,3 dollarga tushgan. Hisob-kitobga ko‘ra, agar Hormuz bo‘g‘ozi orqali tashuv to‘xtasa, narx 100 dollardan ham oshib ketishi mumkin. Binobarin, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chiy, garchi kemalar xavfsizlik muammosi tufayli hududdan qochayotgan bo‘lsa ham, mamlakat bo‘g‘ozni to‘sib qo‘yish niyatida emasligini ma’lum qildi.

S.Rahimov, O‘zA