So‘nggi birja savdosida Brent markasidagi neftning bir barreli noyabr oyi uchun 80 dollardan belgilandi.
Dekabr oyi uchun bir barrel neft 0,85 foizga ko‘tarilib, 79,36 dollarga narxlangan bo‘lsa, noyabr oyi uchun 0,83 foizga qimmatlashib 80,19 dollarni tashkil etdi.
WTI markasining bir barreli esa noyabr oyi uchun 0,85 foizga qimmatlashib, 76,09 dollargacha ko‘tarildi.
Neft narxining ko‘tarilishi dunyoda ushbu xom-ashyoga bo‘lgan talabning ortib borayotgani bilan izohlanmoqda. Taklif esa juda sust kechmoqda. Bozor OPEKning seshanba kuni e’lon qilinadigan yangi prognozini kutib turibdi.
"Neftga bo‘lgan talab kuniga 500 ming barrelgacha chiqishi mumkin, chunki gaz narxining qimmatlashib ketgani iste’molchilarni boshqa xom-ashyoga murojaat qilishga majbur qilmoqda", — deydi Commonwealth Bank of Australia kompaniyasining xomashyo tovarlari bo‘yicha tahlilchisi Vivek Dxar Blumberg agentligiga.
Ekspertning fikricha, bu bozordagi taklifning sustligini kuchaytiradi, qolaversa, OPEK+ a’zolari neft qazib olishni unchalik darajada oshirmayapti.