English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Neft eksportyorlari: neft qazib olish miqdorini oshirishga hojat yo‘q
11:16 / 2020-12-17

Neft eksportyorlari tashkiloti kelgusi yilda neft qazib olish miqdori oshirilishiga qarshi chiqdi.

Bu mahsulotga nisbatan talab beqaror, hali zaxiralar kerakli miqdorda kamayganicha yo‘q. Shuning uchun OPEK mamlakatlari neft qazib olish miqdorini oshirishiga hojat yo‘q, dedi tashkilot prezidenti va Jazoyir energetika vaziri Abdulmajid Attar “Bloomberg”ga bergan intervyusida.

Shuningdek, u neft qazib olish ishlariga ehtiyotkorlik bilan yondashish lozimligini ta’kidlab, davlatlarni mahsulotni isrofiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan.