French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Neft bahosi tushmoqda
12:06 / 2018-11-23

Jahon bozorida bugun neft narxi sezilarli darajada pasaygan, sarmoyadorlar yonilgʻi xomashyosi miqdori oshib borayotganidan xavotirda, deyiladi RIA Novosti xabarida.


Jahon bozorida bugun neft narxi sezilarli darajada pasaygan, sarmoyadorlar yonilgʻi xomashyosi miqdori oshib borayotganidan xavotirda, deyiladi RIA Novosti xabarida. 

Moskva vaqti bilan bugun, 23 noyabr, soat 7:46 holatiga koʻra, “Brent” markali neft qorishmasi narxi 1,04 foizga tushib, 1 barreli 61,95 dollarni tashkil etgan. WTI markali neftning yanvar fyuchers bahosi esa 2,49 foizga pastlab, barreli 53,27 dollardan sotilgan. 

Qayd etilishicha, Neft bozori uchun asosiy salbiy omil neft eskportyorlari boʻlgan davlatlarning isteʼmol talabidan koʻra koʻproq xomashyo yetkazib berayotgani boʻlib qolmoqda. Joriy yilning 5 dekabrida OPЕK+ning Vazirlar monitoringgi qoʻmitasi majlisi Venada boʻlib oʻtadi. 6 dekabrda OPЕKga aʼzo davlatlar vazirlari yigʻilishi oʻtkaziladi. 7 dekabrda kutilayotgan OPЕK+kelishuvida tasdiqlanajak qaror jahon neft bozoridagi vaziyatni oʻzgartirishi mumkin.