Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Necha daqiqa yoki qancha masofa yayov yuramiz?
20:30 / 2020-01-29

Ehtiyojlarimizni texnikalar yordamida bajarish davrida yashayapmiz.


Ehtiyojlarimizni texnikalar yordamida bajarish davrida yashayapmiz. Biron yumushni bajarish uchun koʻp ham urinib oʻtirmaymiz. Manzilimizga mashina, metro, avtobusda boramiz. Yuqori qavatga liftda koʻtarilamiz. Aksariyatimiz kunni kabinetda, kompyuter oldida oʻtkazamiz. Televizorni pult orqali boshqaramiz, xonalarni texnika tozalaydi, kirlarni ham yuvadi.

Endi oʻylab koʻring-a, bir kunda necha daqiqa yoki qancha masofa yayov yurgan boʻlamiz? Hech qancha, toʻgʻrimi? Vaholanki, kamharakatlilik barcha kasalliklarning boshlanishi hisoblanar ekan. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, yurish inson uchun eng oddiy va foydali mashgʻulot boʻlib, kuniga kamida 30 daqiqa piyoda – sekin yurish odamni tetiklashtiradi, organizmda qon aylanishini yaxshilab, miyani toza kislorod bilan toʻyintiradi. Shuningdek, piyoda yurish ovqat hazm qilish sistemasiga ham ijobiy taʼsir qiladi.

– Serharakatlilik – toza havoda sayr qilish, yugurish, yengil jismoniy yumushlarni bajarish, mashq qilish, toʻgʻri ovqatlanish salomatlikning oltin qoidalaridir, – deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Guli Shayxova. – Mendan koʻpchilik sogʻlom boʻlish, sogʻlom qarish va uzoq umr koʻrish uchun nima qilish kerak, deb soʻrashadi. Ularga ham ana shu tavsiyalarni beraman.

Muntazam ravishda piyoda yurishning yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishi, immun tizimni mustahkamlashi fanda koʻp marta isbotlangan. Piyoda yurish, shuningdek, diabet, depressiya, yoʻgʻon ichak saratoni, semizlik, boʻgʻimlar kasalliklarining oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega.

Shunday ekan, nima sababdan salomatligimiz uchun foydali boʻlgan ushbu qoidalarga amal qilmaymiz? Axir yangilanayotgan Oʻzbekistonda anhor va kanallar yoqasida barpo etilgan yoʻlaklar, saylgohlar, bogʻlar, xiyobonlar nafaqat shahrimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshish, balki xalqimiz salomatligini oʻylab amalga oshirilayotgan loyihalar-ku.