Nazoratga olingan xotin-qizlarga ko‘mak berildi
Toshkent shahar hokimligi hamda tegishli tashkilot va idoralar mutasaddilari ishtirokida nazoratga olingan ayollar muammolarini o‘rganish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Uchrashuvda ayollarning mavjud muammolari o‘rganilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi.

Jumladan, murojaatchilar dardu-tashvishi tinglandi, muammolarini hal etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilandi hamda ariza va shikoyatlar ijrosi mas’ullar nazoratiga olindi. Ularning bandligini ta’minlash maqsadida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan xotin-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. O‘z sog‘lig‘idan shikoyati bo‘lgan ayollar aniq tashxis va yengil davolash xizmatlaridan foydalanib, bundan mamnun bo‘lishdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA