Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nazorat tadbirlari davomida kamchiliklar bartaraf etilmoqda
14:22 / 2024-08-21

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Navoiy viloyati inspektorlari tomonidan Karmana tumanida joylashgan “X” MCHJga qarashli avtomobillarga ichki yonuv dvigatellari uchun neft mahsulotlarini realizatsiya qilish shoxobchasida davlat nazorati o‘tkazildi.

Tekshirish jarayonida namunaga olingan “AI-80” markali, ichki yonuv dvigatellari uchun avtomobil benzini mahsuloti me’yoriy hujjatlarda belgilangan ko‘rsatgichlar asosida tekshirildi va sinov laboratoriyasining  sinov bayonnomasiga asosan UzTR.931-028:2017 umumiy texnik reglamenti hamda O‘z DSt 3031:2015 standartining (yuvilgan qatronlarning massa konsentratsiyasi) talabiga nomuvofiqligi aniqlandi.  

Korxonaga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida o‘rnatilgan “NARA” rusumli (dizel yoqilg‘i) ustunchani yoqilg‘i quyish qobiliyati tekshirib ko‘rilganda, ustunchaning yoqilg‘i quyish qobiliyati ruxsat etilgan me’yoridan 33 ml kamligi qayd etildi.  

Yuqoridagi holatlar orqali korxonada UzTR.931-028:2017 umumiy texnik reglamenti va O‘z DSt 3031:2015 standartining talablari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni talablari va O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonuni talablariga rioya etilmagani aniqlandi.  

Bundan tashqari, korxonadagi 8 dona o‘lchash vositalari qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilmagan holda foydalanilayotgani aniqlandi. Bu bilan, O‘zDSt 8.003:2005 davlat standartining 4.4-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonuni 16 va 20-moddalari talabi buzilgan.  

Davlat nazorati tekshiruvi yakuniga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarga asosan huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilgani sababli majburiy talablarga muvofiq bo‘lmagan, realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining ellik foizigacha miqdorda, ya’ni 9 million 427 ming 500  so‘mlik “AI-80” markali benzin mahsuloti uchun jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llanildi va ixtiyoriy to‘lanishi uchun talabnoma rasmiylashtirildi.    

Bundan tashqari korxonada “AI-80” markali benzin mahsulotini sotishni taqiqlash, sotilayotgan dizel yoqilg‘i mahsuloti belgilangan me’yorlardan kam quyilayotgani sababli dizel yoqilg‘isi mahsulotini sotishni taqiqlash hamda qiyoslanmagan o‘lchash vositalaridan 10 ish kuniga foydalanishni taqiqlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.  

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA