Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nazorat tadbirlari davomida kamchiliklar aniqlandi
15:31 / 2024-07-09

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Sirdaryo viloyati inspektorlari tomonidan Sirdaryo viloyati tibbiyot birlashmasida davlat nazorati o‘tkazildi.

Birlashmaga qarashli tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va sinash uskunalari davlat metrologik qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilmasdan foydalanilayotgani aniqlandi.    

Mazkur uskunalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyotda qo‘llaniladigan laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va sinash uskunalarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilishi belgilangan.  

Bu bilan O‘zbekiston Respublikasi “Metrologiya to‘g‘risida”gi, qonuni 16, 20-moddalari talablariga amal qilinmagan.  

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qonunchilikka muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.  

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA