Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda
14:42 / 2025-02-06

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Sirdaryo viloyati bo‘limi tomonidan Sirdaryo viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida davlat nazorati o‘tkazildi.

Nazorat davomida tibbiyot birlashmasida bemorlarga tashxis qo‘yish va davolash jarayonida hamda laboratoriyalarda foydalanilayotgan 155 ta o‘lchash va sinash vositasi tekshirildi. Tekshiruv natijasida ularning 89 donasi metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmagani aniqlandi.  

Bu bilan O‘zbekiston Respublikasi “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunining 16-moddasi talablari buzilgan.  

Tekshiruv yakunida Sirdaryo viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mas’ullariga ma’muriy chora ko‘rildi hamda 89 dona tibbiy uskuna va o‘lchash vositalaridan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.  

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA