Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nazorat ishlari masofadan baholanmoqda
20:37 / 2020-04-09

Yurtimizning barcha taʼlim muassasalarida “COVID-19” koronavirusi sabab navbatdan tashqari taʼtil berildi.


Yurtimizning barcha taʼlim muassasalarida “COVID-19” koronavirusi sabab navbatdan tashqari taʼtil berildi. Lekin talabalarning tahsil olishi uchun uzilishga yoʻl qoʻymaslik, zamon talablari asosida bilim olishlari maqsadida har bir oliy taʼlim dargohlarining oʻqituvchi-professorlari tomonidan masofaviy taʼlim olish joriy etilmoqda.

Buxoro Muhandislik texnologiya institutida “Moodle” elektron taʼlim dasturi asosia taʼlim jarayoni masofaviy shaklda oʻtkazilmoqda. 30 ta taʼlim yoʻnalishi va 13 ta magistratura mutaxassisliklarida oʻqitilayotgan 448 ta fanlardan videodarslar, oʻquv adabiyotlari, oʻquv-uslubiy majmualar, mustaqil taʼlim topshiriqlari, mavzular boʻyicha taqdimotlar, videolavhalar, masalalar toʻplami, test va nazorat savollari kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan “Moodle” elektron taʼlim dasturiga joylashtirilgan.

Talabalarga mazkur taʼlim dasturi yoʻnalishlari hamda fanlari kesimida masofaviy platformaga kirish uchun ularning loginlari va parollari guruh murabbiylari hamda fakultetlar dekanatlari tomonidan tashkil etilgan telegramm guruhi orqali yetkazilmoqda. Talabalarga bu xususida video yoʻriqnoma orqali tegishli koʻrsatmalar berilmoqda.

Oliy dargohning oʻqituvchi-professorlari talabalar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqotga kirishmoqda. Shuningdek, talabalarga kurs ishi va boshqa loyihalar yuzasidan onlayn tarzda tegishli topshiriqlar berib, fikr almashilmoqda. Bitiruvchi talabalarning yakuniy nazorat ishlari test orqali masofadan baholanmoqda.