Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nazorat inspeksiyasi tekshiruv tadbirlarini o‘tkazdi
15:52 / 2025-08-21

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Buxoro viloyati bo‘limi tomonidan davlat muassasalarida o‘lchash vositalarining qonuniy holatini o‘rganishga qaratilgan tekshiruv tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan nazorat davomida Buxoro tuman obodonlashtirish boshqarmasi davlat muassasasida mavjud 17 ta o‘lchash vositasi sinovdan o‘tkazildi. Natijada ularning 14 tasi belgilangan tartibda metrologik tekshiruvdan o‘tmagani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining "Metrologiya to‘g‘risida"gi qonuni 16-moddasida faqat metrologik tekshiruvdan o‘tgan o‘lchash vositalaridan foydalanishga ruxsat berilishi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Demak, aniqlangan bu kabi kamchiliklar amaldagi qonunchilik talablariga zid hisoblanadi.

Aniqlangan qonunbuzarliklar bo‘yicha muassasalarning mas’ul shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy choralar ko‘rildi.

Hamroz Bayanov,

O‘zA