English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nazorat inspeksiyasi soch quritish moslamalaridan ogohlantiradi
15:23 / 2025-09-16

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi savdo do‘konlarida sotilayotgan Xitoyda ishlab chiqarilgan "FA Kang ION FK 9900" brendi ostidagi soch quritish moslamasi (fen) mahsuloti nazorat xaridi o‘tkazilgan.

Mazkur tanlab olingan mahsulotning akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasi sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, mazkur soch quritish moslamasi mahsuloti standart talablariga mos kelmasligi aniqlangan.

Salbiy oqibatlari:

• to‘k qarshiligini oshiradi;

• to‘k o‘tkazgichdan oqim o‘tganda sezilarli darajada qizib ketishi;

• izolyatsiyaning haddan tashqari qizib ketishi;

•  yonish va yong‘inga olib kelishi mumkin;

• uskunaning xizmat muddati qisqarishi.

Mahsulot sifati va foydalanish nuqtai nazaridan:

• har qanday arzon narx va sifatsiz vositalar foydadan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazadi.

Hurmatli iste’molchilar, sifatsiz mahsulotga duch kelsangiz, Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining 1880 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

O‘zA