Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Nazm va navo kechasi”
15:15 / 2026-02-01

Buyuk davlat arbobi, shoir va olim, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan Andijon viloyatida fevral oyi “Bobur oyligi” deb e’lon qilindi.

Oylik doirasida mehnat jamoalari va ta’lim muassasalarida Z.M.Bobur hayoti va ijodi, shuningdek, uning ilmiy-ijodiy merosini targ‘ib etishga qaratilgan adabiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport va boshqa turli tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Nazm va navo kechasi” deb nomlangan ana shunday tadbirlardan biri Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida bo‘lib o‘tdi. 

Institut professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirok etgan tadbir avvalida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida atroflicha so‘z yuritildi.

So‘ng viloyat madaniyat boshqarmasi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bo‘limi hamda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi hududiy bo‘limi san’atkorlari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. 

Bobur qalamiga mansub ruboiy va g‘azallar bilan aytilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 

Ushbu tadbir talaba yoshlarda Boburning ilmiy-ijodiy merosiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy xazinani keng targ‘ib etishga xizmat qildi.

F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (foto), O‘zA