Nazgul Estemesova: “Oʻzbekiston turizm xizmatlari boʻyicha Turkiyaga yetib olmoqda”
Samarqandda MDH mamlakatlari Turizm kengashining navbatdagi yigʻilishi hamda birinchi turistik yarmarkasida turli davlatlardan vakillar ishtirok etdi. Ayni vaqtda ularning ayrimlari bilan suhbatda boʻldik.
Samarqandda MDH mamlakatlari Turizm kengashining navbatdagi yigʻilishi hamda birinchi turistik yarmarkasida turli davlatlardan vakillar ishtirok etdi. Ayni vaqtda ularning ayrimlari bilan suhbatda boʻldik.
Gulchehra Isayeva,Oʻzbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi raisi:
Oʻzbekistonda birinchi marta oʻtkazilayotgan mazkur yarmarkadadavlatlararo sayyohlik oqimini oshirish, hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish borasida turli bitimlar tuzilmoqda. Biz ham Belarus va Armanistonturizm tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik borasida kelishib oldik. Niyatimiz kelgusida qoʻshma tur marshrutlar ishlab chiqish. Vaholanki, Yevropada bunday sayyohlik turiga talab yuqori.
Bizga kelgan baʼzi sayyohlar yurtingizda boʻlib, tarixiy va arxeologik yodgorliklarni koʻrishni istaydi. Oʻtgan yili Samarqandga bir guruh sayyohlarni olib kelgandik. Toshkent-Baliqchi yoʻnalishida kelib,Toshkentni aylandik, tunda Buxoroga bordik. Agarda biz hamkorlikda ishlasak, har jihatdansamaraga erishamiz. Shu bois yurtingizda faoliyat yuritayotgan Atyelerlar uyushmasi bilan shartnoma tuzdik. Xususan, bizning tizimimizda 150 ortiq tashkilot boʻlib,nafaqat kurortlar, balki oilaviy mehmonxonlar ham bor. Yana bir narsani qayd etishni istagan boʻlardim, Oʻzbekiston turizm xizmatlari boʻyicha Turkiyaga yetib olmoqda. Zero, ular dunyoda sayyohlarga xizmat koʻrsatishdaoldingi oʻrinlarni band qilgan.
Nazgul Estemesova, Qirgʻiston kurortlar assotsiatsiyasi rais oʻrinbosari:
Firuz Dodiyev, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari:
– Mazkur tadbirlar oʻtgan yili Dushanbeda oʻtkazilgan MDH mamlakatlari Turizm kengashi yigʻilishlari doirasida belgilab olingan edi. Agar dunyo davlatlarining YAIMga eʼtibor qilsak, jahon savdosining 7 foizi va bandlikning 10 foizi turizm sohasi hissasiga toʻgʻri keladi. Bunda har beshinchi ish oʻrni turizmga tegishli. Dunyo davlatlarining 38 foizi uchun sayyohlik daromadning asosiy manbai, 83 foizi uchun esa besh turdagi asosiy daromad manbailaridan biri hisoblanadi.
Shu bois bugun MDH davlatlaridan kelgan 70 ortiq kompaniya vakillari oʻrtasida turli formatlarda uchrashuvlar oʻtkazildi. Ilmiy -amaliy uchrashuvlar tashkil etildi. Maqsad eng samarali ishlash tizmini amaliyotga tatbiq etish.