Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nazariya va amaliyot uyg‘unlashadi
14:34 / 2023-08-15

Buxorodagi oltita davlat ixtisoslashgan umumta’lim maktablariga robototexnika qurilmalari yetkazib berildi. Bu haqida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’lim sohasida robototexnika qo‘llansa, bolalar atroflicha fikrlash, mustaqil qaror qabul qilishni o‘rganishi oson kechadi. Aniq fanlar bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llaydi.  

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Buxoro shahridagi 4-, Peshku tumanidagi 1-, Olot tumanidagi 1-, Vobkent tumanidagi 40-, Qorako‘l tumanidagi 15- va G‘ijduvon tumanidagi 45-IDUMlarning har biriga ikki to‘plamdan iborat robototexnika qurilmalari yetkazib berildi.  

Endilikda ushbu muassasalarda robototexnika to‘garaklarini tashkil etish orqali fizika, matematika, informatika darslarini chuqurroq o‘rganish, yoshlarning teran fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, jamiyat hayotida o‘z o‘rinlarini topishlarida juda katta ijobiy o‘zgarishga erishish mumkin.  

Zarif Komilov, O‘zA