Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nazarboyevning kenja qizi Qozog‘iston xalqiga minnatdorlik bildirdi
13:57 / 2022-01-13

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya otasi sha’niga bildirilgan qo‘llab-quvvatlov so‘zlari uchun Qozog‘iston xalqiga minnatdorlik bildirib, mamlakatda sodir bo‘layotgan so‘nggi voqealardan xavotirda ekanini ham qo‘shimcha qildi.

"Yurtimizda bo‘lib o‘tgan fojiali voqealarni kuzatib, jiddiy xavotirlandim. Qurbonlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiraman", - deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.

Aliya Nazarboyeva “barchamiz uchun bu shafqatsiz saboq tariximizdagi so‘nggisi bo‘lsin”, deya umid bildirdi.
Elboshining kenja qizi 41 yoshda, biznes, ijtimoiy faoliyat, xayriya va kino ishlash bilan shug‘ullanadi. 2017 yil noyabr oyidan buyon mamlakatda tashkil etilgan Ekologik tashkilotlar uyushmasi rahbari.