Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Nazarboevshunoslik” fani paydo bo‘lishi mumkin
14:53 / 2019-05-14

Qozog‘iston bilim yurtlarida yangi “Nazarboevshunoslik” fani paydo bo‘lishi mumkin.


Qozog‘iston bilim yurtlarida yangi “Nazarboevshunoslik” fani paydo bo‘lishi mumkin. Yangi fan to‘g‘risidagi g‘oya va yoziladigan yangi o‘quv qo‘llanmasining muallifi iqtisod fanlari nomzodi, Chimkent universiteti professori Nurali Utkelbaev bo‘lib, uning taklifi Ta’lim va fan vazirligida ijobiy baholandi, deya yozadi “Yujnыy Kazaxstan” (“Janubiy Qozog‘iston”) ijtimoiy-siyosiy viloyat gazetasi.

Professorning fikricha, bugungi kunda Nursulton Nazarboevning asarlari – nutqlari, ma’ruzalari, xalqqa murojaatlari, intervyulari, ilmiy-ijtimoiy maqolalari, dolzarb mavzudagi kitoblari 101 tomni tashkil qiladi.

“Ular yangi mustaqil davlatning siyosiy, iqtisodiy, sotsial-ijtimoiy, tarixiy qaror topishi va rivojlanishi qirralarini qamrab oladi. Ular olamshumul global ahamiyat kasb etadi”, – deya ta’kidlaydi Utkelbaev.

Muallifning tan olishicha, taklif qilinayotgan yo‘nalishning bo‘limlari va boblarini belgilash oson ish emas. “Birgalikda aql bilan ishlash kerak bo‘ladi. Kursning taxminiy dasturini ishlab chiqish kerak va imkon qadar oshkora muhokama qilish zarur”, – deya taklif qiladi olim.

“Keyingi bosqichda yuqori malakali mualliflar ishtirokida darslik yoki o‘quv qo‘llanmasi yozilishi kerak bo‘ladi. Mazkur mas’uliyatli ilmiy-pedagogik ishning boshida Qozog‘iston Ta’lim va fan vazirligi turishi kerak”, – deya qo‘shimcha qiladi chimkentlik olim.