Nazar Eshonqul hikoyalarida badiiy makon va vaqtning modernistik talqini
Gulhayo MEYLIYEVA magistrant Osiyo xalqaro universiteti Qarshi, O‘zbekiston
Annotatsiya
Nazar Eshonqul hikoyalari insonning ruhiy evrilishlarini modern uslubda ifoda etish namunalaridir. Ularda badiiy makon va vaqt talqini ham yangicha ko‘rinish olib, voqeliklar qisqa vaqt va noma’lum , ramziy makonda ifoda etiladi. Inson ichki olamining o‘ziga xos ko‘rinishlari badiiy makon orqali ifoda etiladi. Maqolada ijodkorning badiiy makon va vaqt talqini subyektiv tarzida ifodalanishi tahlillar orqali yoritiladi.
Tayanch so‘zlar: badiiy makon, vaqt, Nazar Eshonqul, subyektivlik, yopiq makon, ramz, kechinma.