French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nayrobida 16 qavatli bino qulab tushdi
16:01 / 2026-01-04

“Standard” nashri xabar berishicha, Keniya poytaxti Nayrobi janubiy tumanida qurilayotgan 16 qavatli bino qulab tushgan va bir nechta odam vayronalar ostida qolgan.

Ta’kidlanishicha, qulash paytida bino ichida ikki qo‘riqchi bo‘lgan. Guvohlar shuningdek, yana ikki yo‘lovchi vayronalar ostida qolib ketgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Keniya Milliy tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi rahbari Duncan Ochiyengning aytishicha, bino gavjum ko‘cha yaqinida joylashganligi sababli vayronalar ostida ko‘proq odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkin. 

Ayni paytda mamlakat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, politsiya va “Qizil Xoch” vakillari voqea joyida ish olib bormoqda. 

S.Rahimov, O‘zA