Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navro‘zoldi yangi inshootlar ishga tushmoqda
15:46 / 2025-03-18

Surxondaryo viloyatida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan yangidan barpo etilgan zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy soha inshootlarini foydalanishga topshirish boshlandi.

Boysun tumanidagi 6-umumta’lim maktabi o‘quvchilari va Sho‘rsoy mahallasi yoshlarining sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoit yaratilgan yangi futbol maydoni tuhfa qilindi. 

– Mahallamiz obod bo‘lib, aholining hayotidan rozi bo‘lib yashashiga barcha sharoit yaratilmoqda, – deydi mehnat faxriysi  Fayzullo Hamdamov. – Yaqinda Sho‘rsoy soyi ustida qurilgan hashamatli ko‘prik foydalanishga topshirilgan edi. Yangi sport maydonining mahallamizga yarashib turgani ham kishini quvontiradi. Bu inshoot farzandlarimizning bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazib, jismonan toblanishiga xizmat qiladi. Shu bugundan mahallamiz va qo‘shni Gaza mahallasidagi ellik yoshdan oshgan sportga qiziquvchi insonlarni birlashtirib, “Sog‘lomlashtirish” guruhi tashkil etishni ko‘nglimga tugdim. Axir, bunday sharoitdan unumli foydalanib, jismonan chiniqishning salomatlik uchun nafi boshqacha bo‘ladi-da. 

Navro‘zi olam shukuhi esayotgan shu kunlarda foydalanish uchun topshirilgan zamonaviy sport maydoni “Tashabbusli byudjet” loyihasi o‘tgan yil ikkinchi bosqichining 655 million so‘m mablag‘i evaziga qad rostladi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri