English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navro‘zning zavqi bo‘lakcha
18:33 / 2023-03-22

Buxoro shahridagi “A.Fitrat” mahalla fuqarolar yig‘inida deputat Bahodir Ma’murov tashabbusi bilan umumxalq bayrami Navro‘zi olam keng nishonlandi.

Bayram tantanasida mahalla raisi Gulsina Zakirova boshchiligida mahalla xodimlari, mahalla faollari, Kiyev davlat milliy universiteti professori Aleksandr Beznosyuk, yurt ravnaqi, tinchligi, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan faxriylar, nuroniylar hamda yoshlar qatnashdi.

– Yurtimizda ayni kunlarda tabiat uyg‘onib, go‘zal diyorimizga barchamiz orziqib, sog‘inib kutgan Navro‘zi olam kirib keldi, – deydi deputat Bahodir Ma’murov. – Ayniqsa, tinchlik va sog‘liqni ulug‘laydigan, hayotni, yasharish va yangilanishni sharaflaydigan bayram — Navro‘zning bu yilgi qadri o‘zgacha. Navro‘zning butun mohiyatida xalqimizning ezgulikparvar qalbi namoyon bo‘ladi. Ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ko‘rku ziynati bo‘lib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch va zavq bag‘ishlamoqda. Mahalla ahli bilan bu yilgi Navro‘z bayramini katta ko‘tarinkilik bilan o‘tkazdik. Saylovchilarimizning kayfiyati bayramona.  

Bayram dasturxonida milliy taomlar palov, sumalak tortiq qilindi.  

Tadbir davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Tadbir yakunida mahalla faollariga tashakkurnomalar topshirildi.

Zarif Komilov, O‘zA