Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navro‘za Axmatova Jahon chempionatida Osiyo rekordini yangiladi
11:56 / 2025-10-03

Hindistonning Nyu-Deli shahrida davom etayotgan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir yutuqqa erishdi.

Ayollar o‘rtasida F41 toifasida o‘tkazilgan disk uloqtirish bahslarida hamyurtimiz Navro‘za Axmatova 28,83 metr natija qayd etib, nafaqat bronza medaliga sazovor bo‘ldi, balki Osiyo rekordini ham yangiladi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasining jahon chempionatidagi umumiy medallari soni 3 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza, jami 9 taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ayollar o‘rtasida F46 toifasida yadro uloqtirish bellashuvlarida Karomat Omonova 13,07 metr natija qayd etib, Osiyo rekordini yangilashga muvaffaq bo‘lgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA