Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navro‘z – yangilanish, yasharish ayyomi
10:40 / 2022-03-20

Toshkent moliya institutida Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Navro‘z – yangilanish, yasharish ayyomi” nomli tadbir o‘tkazildi.

Institut rahbariyati, o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokidagi tadbirda Professor Naim Oblomurodov so‘zga chiqib, milliy bayramning o‘tkazilish tarixi va ahamiyati haqida to‘xtaldi. Shoirlar Rustam Musurmon, G‘ayrat Majid, Salim Ashurlar sevgi, yoshlik va bahor mavzularida she’rlar o‘qidi. Talabalar qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Tadbirda Navro‘z bahoriy yangilanish, yasharish kayfiyatini olib kelgan qadimiy an’analarimizdan biri ekani ta’kidlandi. Ushbu milliy bayramimiz asrlar davomida sayqallanib, o‘lkamizga bahor tarovatini baxsh etish bilan birga, saxovatpeshalik, ahillik, mo‘l hosil va qut-baraka nishonasi sifatida ham tarannum etiladi.

Uchrashuvda eng faol yoshlarga Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr etilgan 50 dan ortiq badiiy kitoblar sovg‘a qilindi. Shoirlar Vatan, Navro‘z, bahorni tarannum etuvchi she’rlaridan o‘qib berdi. Yuzma-yuz muloqot adabiy fikr-mulohazalarga boy bo‘ldi. Yig‘ilganlar bahoriy uchrashuvlarning gashtini, uning zavqini his qildi.

D.Mamatova, 
O‘zA muxbiri