Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rildi
19:06 / 2022-03-20

Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan – Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Uyg‘onish va yangilanish, qut-baraka elchisi Navro‘z ayyomi shukuhidan dillarimiz yayramoqda.

Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda «Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!» degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida keng nishonlanmoqda.

Prezidentimizning tegishli qarori bilan belgilangan vazifalardan kelib chiqib, “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va nishonlash davrida mamlakat aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i tomonidan “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va nishonlash tadbirlari haqidagi buyrug‘i qabul qilindi.

Unga ko‘ra, “Navro‘z” bayrami arafasida va uni o‘tkazish kunlari savdo yarmarkalari tashkil etiladigan barcha dehqon bozorlari va aholi gavjum joylarda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida bozorlar va yarmarkalar tashkil etiladigan joylarga malakali mutaxassislari biriktirildi.

Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda umumiy ovqatlanish shoxobchalari tomonidan tayyorlanadigan taomlar, salatlar va qandolat mahsulotlari bo‘yicha taomnomalar hamda savdoga qo‘yiladigan oziq-ovqatlar ro‘yxatini o‘rganib chiqish belgilandi.

Xavfsizligi kafolatlanmagan, uy sharoitida tayyorlangan konservalar, salatlar, tez buziluvchi va kremli qandolat mahsulotlari bilan savdo qilinishini oldini olinishiga e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Xalq sayllari tashkil etiladigan umumiy ovqatlanish va savdo shoxobchalarida xizmat ko‘rsatadigan xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risida tibbiy daftarchasi mavjudligi, ularning maxsus kiyim bilan ta’minlanganligi ustidan nazorat olib boriladi.

Belgilangan joylarda kundalik sanitariya tozalash tadbirlarini tashkil etilishi ustidan nazorat o‘rnatilishi ta’minlanadi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati va barcha tarkibiy muassasalarida joriy yilning mart-aprel oylarida “Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, “Mahallamga nihol ekaman!” shiori doirasida gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, daraxtlarni oqlash va butlash ishlari olib boriladi.

Joriy yilning 19-25 mart kunlari Sanitariya-epidemiologik xizmatining markaziy apparati va tarkibiy muassasalarda kecha-kunduz navbatchilik tashkil etiladi.

Bundan tashqari, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va boshqa texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda shoshilinch yordamni tashkil qilish uchun tezkor brigadalar tayyorgarligi ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Markaziy apparat va laboratoriya majmuasi texnika va yong‘in xavfsizligi masalalari ustidan nazorat ishlari olib borilishi belgilangan.

Xulosa o‘rnida aytish kerakki, bu kabi chora-tadbirlar Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va nishonlash davrida mamlakat aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Mohigul Qosimova, O‘zA