O‘zbekiston davlat konservatoriyasida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi, Madaniyat va turizm vazirligi, Davlat filarmoniyasi hamkorligida «Navro‘z sadolari» IX xalqaro milliy cholg‘ular festivalining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Festival Prezidentimizning 2018 yil 28 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq o‘tkazildi. Unda 500 dan ziyod 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari, musiqa va san’at maktablari, maxsus musiqa maktab internatlarining orkestr hamda ansambllari ishtirok etdi.
[gallery-11129]
Festival ikki bosqichda o‘tkazilib, dastlabki bosqich respublikamizning barcha viloyatlarida yuqori saviyada tashkil etildi. Unda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar hamda Tojikiston va Qozog‘iston Respublikalari ansambl va orkestrlari ikkinchi bosqichda qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Festival doirasida jamoalar orasida eng yaxshi ijro uchun tanlovi ham o‘tkazildi.
G‘olib va sovrindorlar tadbir tashkilotchilari tomonidan munosib taqdirlandi.
Nazokat Usmonova, Nosirjon Haydarov (suratlar) , O‘zA