Navro‘z – qadim qadriyatlar tarovati (+video)
Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini o‘zida yaqqol mujassam etgan, ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yasharish, yangilanish va yuksalishlarni asrlar davomida to‘la namoyon qilib kelayotgan Navro‘z eng ardoqli milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi.
Ulug‘ alloma ajdodimiz Ab-u Rayhon Beruniy “Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida Quyosh yili hisobida yilning dastlabki oyi to‘g‘risida so‘zlab: "Bu oyning birinchi kuni Navro‘zdir, — deydi.
Navro‘z azaldan xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi bo‘lib kelgan. O‘sha kunlarda hatto urush-janjallar ham to‘xtagan, gina-qudratlar kechirib yuborilgan. Shohlar el ichidan eng munosib kishilarni taqdirlagan, ayrim mahbuslarning gunohidan o‘tgan
Bugun Navro‘z ayyomining tarixi, kelib chiqishi, tarixiy uf-odat va qadriyatlarimiz haqida folklorshunos olim Shomirza Turdimov bilan batafsil suhbatlashdik.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/6K2ruvnARSs?si=_Zd4mM5Z6CJboOpt" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (O‘zA)