Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navro‘z: mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkaziladi
10:08 / 2026-03-10

“2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (Tashkiliy qo‘mita) tarkibi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, Navro‘z bayramini munosib nishonlash bo‘yicha “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy hamda targ‘ibot tadbirlari dasturi tasdiqlanadi va uning amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Bu yilgi Navro‘z muborak Ramazon hayiti bayrami bilan hamohang tarzda nishonlanishi uning insonparvarlik tamoyillarini yanada kuchaytirishini inobatga olib, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar holidan xabar olinadi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan tadbirlar amalga oshiriladi, “Men ham ko‘chat ekaman” aksiyalari, umumxalq hasharlari tashkil etiladi.

Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.

O‘zA