Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navro‘z bayrami munosabati bilan ichki sayohatga katta chegirmalar e’lon qilindi
15:19 / 2022-03-14

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan 2022 yil 19-20-21-22-23 mart kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab quyidagi chegirmalar joriy qilindi.

 "Uzbekistan Airways"  AJ tomonidan Respublika aholisi uchun ichki respublikalararo qatnovlarga barcha turdagi ta’riflarga 50 foiz chegirma;    
 
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan respublikaning barcha ichki qatnovlarida    pensionerlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar uchun – 50 foiz;  
 
Oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ va DBX maxsus ta’lim muassasalari talabalari uchun – 15 foiz;  
 
Oilalarga (ikki va undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, er yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) uchun – 15 foiz;  
 
Kollektiv (hamkasblarga) guruhdagilar uchun – 15 foiz va    "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilar uchun 10 foiz chegirmalar joriy qilindi. 
 
Shuningdek, "Vaqf" xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik kirish chiptalari joriy qilingan ziyoratgohlariga kattalar uchun 20 foiz hamda yoshlar uchun 50 foiz chegirmalar joriy qilindi.   
 
  

Muhayyo Toshqorayeva,  O‘zA