Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navro‘z - barchaning bayrami
11:13 / 2021-03-21

So‘lim bahor o‘zining dilbar bayramlari bilan yanada jozibali qiyofa kasb etadi. Yurtimiz uzra Navro‘z shukuhi kezmoqda.

 Karnay-surnay sadolari yangraydi, doshqozonlarda sumalaklar qaynaydi.  

Keksayu yoshning ko‘ngliga birday quvonch olib keladigan bu ayyom mehr-oqibat, saxovat bayramiga aylanadi. Shu qutlug‘ kunlarda esa bir-birimizni yod etish, ayniqsa keksalar holidan xabar olish odatimiz tusiga kirgan. Bugun bayram bahona biz ham yoshi ulug‘ ustozlar xonadonida bo‘ldik.  

Navro‘zni mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari o‘zlarining qadrdon bayrami, deb biladi. Betakror aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti Zinaida Solovey 45 yildirki, O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida faoliyat olib boradi. Asli ukrainalik bo‘lgan aktrisa teatrda namoyish etilayotgan klassik spektakllarda, “Vals qiroli"da Edit Flavon, “Lo‘lilar baroni”da Saffi, shuningdek, “Maritsa”, “Sirk malikasi" va boshqa operettalarda partiyalar va asosiy rollarni ijro etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lib kelmoqda.  

Navro‘z bayrami bilan qutlash uchun ustoz san’atkorimiz xonadonlariga tashrif buyurganimizda bizni xursand qarshi oldi. E’tibor va e’tirof uchun mamnun bo‘ldi. O‘z navbatida, biz ham Zinaida Soloveyga teatr san’atiga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun minnatdorlik bildirdik.

Jamol Nosirov,

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari.

O‘zA