Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Navqiron O‘zbekiston" iqtidorli yoshlar ko‘rgazmasi
10:02 / 2021-06-12

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida "Navqiron O‘zbekiston" iqtidorli yoshlar respublika zamonaviy san’at ko‘rgazmasi ochildi.

2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”ga bag‘ishlangan mazkur ko‘rgazmadan maqsad zamonaviy san’atning barcha sohalarida ijod qilayotgan yosh rassomlarning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, yosh iste’dod sohiblarini ro‘yobga chiqarish va ular bilan ishlash, ijodini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tasviriy san’at, dizayn sohasidagi mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, yoshlarni ezgulikka chorlaydigan, ularni ma’naviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik ko‘rsatayotgan 23 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 60 dan ortiq rassomning 300 dan ortiq asari namoyish etilmoqda.  

[gallery-2766]

Ko‘rgazmaga respublikamizning barcha hududlaridan yuborilgan ijodiy ishlar Badiiy akademiyasining ishchi guruhi tomonidan saralandi va ko‘rgazmada namoyish etishga tavsiya etildi. Endilikda taqdim etilgan ijodiy ishlar hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, g‘oliblar aniqlanadi.  

G‘oliblar "Navqiron O‘zbekiston" respublika zamonaviy san’at ko‘rgazmasining oltin, kumush va bronza medallari, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.  

"Navqiron O‘zbekiston" respublika zamonaviy san’at ko‘rgazmasining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi 30 iyun kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tadi.

Gulnoza Boboyeva, A’lo Abdullayev (surat),  O‘zA