Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoyiliklarni kredit olish, ishsizlik, davolanish kabi masalalar qiynamoqda
19:48 / 2022-05-15

Tomdi tumanida Navoiy viloyati prokurori Baxtiyor Ahmedov, viloyat IIB boshlig‘i Azat Tasbayev va DSB boshlig‘i Anvarjon Botiraliyev ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda fuqarolar uy-joy kadastri, kredit olish, ishsizlik, davolanish maqsadida moddiy yordam ajratish va boshqa masalalarda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Sayyor qabul davomida 30 yaqin murojaatning 13 tasi joyida hal etilib, qolgan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qabul yakunida tuman IIB tomonidan 7 nafar 16 yoshga to‘lgan fuqaroga ID kartalari hamda Tomdi tumani IIB JXX xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori safdor Aygerim Ajigeldiyevaga leytenant unvoni topshirildi.

Shuningdek, Navoiy viloyati IIB boshlig‘i Azat Tasbayev Zarafshon shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashdi.

Unda fuqarolar ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish, bandlik, imtiyozli kredit olish va moddiy yordam masalasida murojaat qildi.

– Uchrashuvda tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi ekanligimni aytib, biznes rejam bilan tanishtirdim, – deydi “Tinchlik” MFYda istiqomat qiluvchi Abror Nasriddinov. – Shu kunning o‘zidayoq menga 25 million 806 ming so‘m imtiyozli kredit ajratish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berildi va kreditni rasmiylashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Shuningdek, qabulda “Tinchlik” mahallasida yashovchi Dildora Siddiqova va “Bahor” mahallasida yashovchi Fotima Rashidovaning murojaatlari ijobiy hal etildi, bandligi ta’minlandi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA