French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Navoiyuran”: muvaffaqiyatga erishishda muhim qadam
14:06 / 2023-01-23

Qaror va ijro

“Navoiyuran” davlat korxonasini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi va operatsion samaradorligini oshirish dasturi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 14 iyuldagi “2022-2030 yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda geologiya, qazib olish va qayta ishlash jarayonlarining operatsion samaradorligini oshirish, texnik-texnologik jihozlanganlik holatini yaxshilash maqsadida texnik auditdan o‘tkazish, konsalting kompaniyalar tomonidan berilgan tavsiyalar va ko‘rsatmalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish belgilangan edi.  

– Korxonaning 2030 yilga qadar rivojlanish strategiyasi va operatsion samaradorligini oshirish dasturini ishlab chiqish transformatsiya jarayonlarining eng muhim bosqichlaridan biridir, – deydi “Navoiyuran” davlat korxonasi bosh direktorining transformatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari - Loyiha ofisi rahbari Hasan Haydarov. – Rivojlanish strategiyasi bu belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar rejasi bo‘lib, u turli vaziyatlarda harakatlar algoritmlarini umumlashtirishda va korxonaning muvaffaqiyatga erishishida muhim ahamiyatga ega. Strategiya yordamida korxonaning istiqboldagi harakat yo‘nalishi aniq ko‘rsatib beriladi va bu korxonaning raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlaydi. Mazkur yo‘nalishda “McKinsey & Company” va “Boston Consulting Group” konsalting kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar olib borilib, kompaniyalar mutaxassislari tomonidan berilgan tavsiyalar asosida shartnoma shartlarini belgilovchi texnik topshiriq loyihasi ishlab chiqildi va o‘rnatilgan tartibda kompleks ekspertizadan o‘tkazildi.

“Navoiyuran” DK tomonidan qarorda qo‘yilgan talablarga javob beradigan xalqaro konsalting va rekruting kompaniyalari o‘rtasida transformatsiya jarayonida ishtirok etish uchun tender o‘tkazilgan edi.

Tender natijalariga ko‘ra, “McKinsey & Company” g‘olib, deb topilgan. Hozirda kompaniya bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, 2030 yilga qadar rivojlanish strategiyasini va operatsion samaradorligini oshirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar rejasi asosida amaliy ishlar boshlab yuborildi.

 

A.Bo‘riyev, O‘zA