Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Navoiyuran” DK xodimi xalqaro ko‘rik-tanlovda taqdirlandi
15:06 / 2026-02-19

O‘zbekiston – Malayziya hamkorligida “Ilm-fanni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari va xalqaro ilg‘or tajribalar” mavzusida o‘tkazilgan nufuzli ilmiy-amaliy konferensiya doirasida xalqaro ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

Korxona axborot xizmatining xabar berishicha, tanlovda Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi katta inspektori Mohigul Esonova “O‘zbekistonda gender tenglik siyosati: jahon tajribasi, mavjud muammolar va strategik sanoat sohasida ayollar rolining transformatsiyasi (“Navoiyuran” davlat korxonasi misolida)” mavzusida ingliz tilida tayyorlangan ilmiy maqolasi bilan ishtirok etdi.

Ushbu ilmiy ishda gender tenglik siyosatining zamonaviy yondashuvlari, xalqaro amaliyot bilan uyg‘unlashgan milliy tajriba, strategik sanoat tarmoqlarida ayollar ishtirokining institutsional va funksional jihatdan kengayishi, shuningdek, sohada mavjud muammolarning tahliliy yechimlari yoritilgan. 

G‘olibga xalqaro “El-yurt faxri” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri