Navoiy shahrida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Zukko kitobxon” tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi. Unda tuman va shaharlaridan kelgan jamoalar o‘zaro bahslashdi.
Kitob aqlni charxlaydigan, insonni ma’naviy kamolot sari yetaklaydigan bebaho vositalardan biri hisoblanadi. U inson qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, odamlarda mehr-oqibat tuyg‘ularini kamol toptirishda muhim o‘ringa ega.


Bu haqda davlatimiz rahbari raisligida 2019-yilning 19-mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ham alohida ta’kidlangan edi.



Yakuniy natijalarga ko‘ra,1-o‘rinni Uchquduq tumani, 2-o‘rinni Nurota tumani va 3-o‘rinni Qiziltepa tumani jamoalari qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindor jamoalarga pul mukofotlari topshirildi.
Abduvali Bo‘riyev, O‘zA muxbiri