French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyning mashhur monologi Mehmonali Salimov ijrosida...(+video)
09:48 / 2024-02-09

“Alisher Navoiy” dramasi ikki hamkor muallifninggina emas, akademik teatr, qolaversa umum o‘zbek sahna san’ati, uning muxlislari baxti va quvonchi, umri boqiy mumtoz tomoshasi bo‘lib qoldi.

Undagi Alisher Navoiy va Guli diolog va monologlari Hamletning “Yo o‘lish, yo qolish”, Otelloning “Qoramanmi, men”, “Sorlochinim” monologlari singari, balki ulardanda boshqacharoq ta’sir kuchi bilan sanoqsiz muxlislari dillaridan o‘rin oldi. Tildan tilga ko‘chib, yod bo‘lib ketdi. Ana shu yod bo‘lib ketishning boisi, asar boqiyligining ta’sir kuchida edi. Mazkur sinoat tomoshabin, o‘quvchi ayniqsa ijrochilarga Navoiy nafasi, uning she’riyat dahosiga yaqinlik, shoir siymosini tasavvurlarida jonlantirish imkonini berdi.  

Mazkur monolog bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehmonali Salimov ijrosida bahramand bo‘lishingiz mumkin.  

Kuy! G‘azal!.. Oh!.. Qaytadan tirnar yaramni,  

Tag‘in eslatdi u mash’um xaramni…  

 

“Faqat bir iltimos:  ko‘rkam chamanda,  

Ochib gulg‘unchalar etganda xanda,  

Juvonmarg g‘unchani ham esla, yod et!  

Unutma, doimo ruhimni shod et!”  

 

Unutmayman seni tokim  tirikman,  

Seni jon o‘rnida saqlar tirik tan.  

Hamon kalbimga sen ilhom solursen,  

Mening she’rim bilan mangu qolursen.  

 

Senga besh bebaho haykal qurur men.  

 

Gahi Shirin, gahi Layli bo‘lib sen,  

Yasharsen doimo dostonlarimda…  

 

Xazonsiz gul bo‘lib bo‘stonlarimda…  

 

Men ersam, g‘am bilan yig‘lab ketarmen,  

Sening ishqing bilan tanho o‘tarmen…  

 <iframe width="990" height="557" src="https://www.youtube.com/embed/-BA3LNs3XF0" title="Navoiyning mashhur monologi Mehmonali Salimov ijrosida..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov (video), O‘zA