French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyning mashhur asari urdu tilida nashr etildi
11:24 / 2019-08-30

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi arafasida mamlakatimizning Pokiston Islom Respublikasidagi elchixonasida Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarining urdu tiliga tarjima nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ijtimoiy-siyosiy, akademik doiralar, tadqiqot markazlari va Pokiston oliy o‘quv yurtlari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekistonning Pokistondagi elchi Furqat Siddiqov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida adabiyotga qiziqishni oshirish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish, matbaa-noshirlik faoliyatini rivojlantirish, mutafakkir allomalar asarlarini chop etish bo‘yicha ko‘plab tashabbuslar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Asar asli kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan pokistonlik taniqli olim, O‘g‘uz Bilol tomonidan urdu tiliga tarjima qilindi.

– O‘zbekiston Prezidentining o‘zbek xalqi tarixiy-madaniy merosini ommalashtirish, o‘rganish va tadqiq qilishga qaratilgan tashabbuslari Alisher Navoiyning ushbu mashhur asarini urdu tiliga o‘girishga undadi, – dedi O‘g‘uz Bilol. – Aminmanki, ulug‘ o‘zbek adibi qalamiga mansub mazkur kitob Pokiston o‘quv muassasalari kutubxonalaridan munosib o‘rin egallaydi. O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Olimning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda Pokiston ijtimoiy-siyosiy va ilmiy doiralar, mahalliy talaba-yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston tarixi va adabiyotini o‘rganishga qiziqish ortib, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi o‘zbek mumtoz adabiyoti yirik namoyandalarining asarlari ommalashmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoevning mutolaa madaniyatini oshirish, yoshlarni kitob o‘qishga ilhomlantirish maqsadida “Kitob hadyasi“, “Book challenge” kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlayotgani tahsinga loyiq. Mazkur tashabbus boshqa mamlakatlar uchun ham ibrat.