Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyni madh etib... (+video)
09:26 / 2026-02-09

Bugun buyuk shoir, ulug‘ olim va mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to‘ldi.

Har yili 9 fevral sanasi nafaqat yurtimiz bo‘ylab, balki butun dunyoda mutafakkir shoir Alisher Navoiy hazratlarining tavallud topgan kuni sifatida keng nishonlanadi. Yillar davomida yaqin va uzoq xorij mamlakatlarida A.Navoiy xotirasiga hurmat, uning ma’naviy merosi ahamiyatini e’tirof etish belgisi sifatida yodgorliklar barpo etildi.

San’at va madaniyatni chuqur anglashga intilayotgan, an’ana va zamonaviylik, milliy va umuminsoniy uyg‘unlikni izlovchi har bir inson uchun Alisher Navoiy ilhom manbaidir. Uning ijodi o‘tmish va bugunni bog‘lovchi, xalqlar rishtalarini mustahkamlovchi va tushunchamiz ufqlarini kengaytiruvchi ko‘prik bo‘lib xizmat qilishda davom etadi.

<iframe width="1188" height="668" src="https://www.youtube.com/embed/D0UI_LlBeO0" title="Navoiyni madh etib... " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA