Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyni anglamoq baxti
12:58 / 2026-02-08

Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Navoiyni anglamoq baxti” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda adabiyotshunos olimlar - Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, ijodkorlar, O‘simliklar karantini va himoyasi tizimi xodimlari ishtirok et. 

Unda so‘z olgan Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Mahmudjon Isroilov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Farid Usmon, Andijon davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri Farhod Usmonov va boshqalar buyuk bobokalonimiz, jahon adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ alloma, so‘z va she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy hayoti,ijodi, uning insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan asarlari mazmun-mohiyati xususida gapirdi. 

- Ulug‘ Navoiyni qancha ko‘p o‘qisak, uning betakror ijodini teranroq anglab boraveramiz, - deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Farid Usmon. – Navoiyni anglash orqali esa o‘zligimizni, tariximizni yanada chuqurroq o‘rganamiz. O‘zligini, yurtning buyuk va shonli tarixini teran bilgan inson haqiqiy Vatan fidoyisiga aylanadi.  

Shuningdek, tadbir doirasida “Men Navoiyni qanchalik bilaman?” mavzusida insholar tanlovi hamda viktorina o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan O‘simliklar karantini va himoyasi tizimi xodimlari o‘zlarining Navoiy hayoti va ijodiga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. 

Tadbirda soha xodimlari tomonidan namoyish etilgan Navoiyning hayoti va faoliyatiga oid sahna ko‘rinishlari, o‘qilgan g‘azal va ruboiylar tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi. 

Yakunda insholar tanlovi, viktorinaning g‘olib va sovrindorlari munosib rag‘batlantirildi. 

F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat),
O‘zA muxbirlari